Farg'ona politexnika institutida “Davlat tili-ma'naviyatimiz timsoli ”motivatsion uchrashuv tashkillandi


Usbbu mavzu ostida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha viloyat hokimi maslahatchisi Sohibjamol Tongatarova, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Dehkanov ,Farg‘ona shahar hokimi maslahatchisi Farxod Mamajonov hamda institut talabalari ishtirokida motivatsion uchrashuv tashkillandi. 

Uchrashuvda davomida ,har bir inson oldiga oliy maqsad qo'yib, unga qarab intilishi kerakligi unga yetib borish uchun o'z ustida ishlab  maqsadiga albatta erishish keraligi  va asosiysi to'xtab qolmasligi kerakligini aytib o'tdilar.

Shuningdek, talabalar o'zlarining kelajakdagi maqsadlari, orzu va istaklari va ta'lim olishdagi qiziqishlari bilan o'rtoqlashdilar.

O'zgacha va ko'tarinki ruhda bo'lib o'tgan tadbir so'ngida , S.Tongotarova faoliyati, muvaffaqiyat sirlari, o‘z tajriba maktablari to'g'risida hamda,  Farg‘ona shahar hokimi maslahatchisi F. Mamajonov  ta'lim olish va shaxsiy rivojlanish ma'daniyati yuzasidan talabalar uchun o'z mashg‘ulotlarini o‘tdi va talabalar o'zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti