Mehnat yarmarkasi orqali yuzdan ziyod talaba ishli bo‘ldi


Fargʻona politexnika institutida viloyat hokimligi, prokuratura, davlat soliq boshqarmasi hamda bandlik bosh boshqarmasi tomonidan mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

Mehnat yarmarkasini institute 1-prorektori Sherzod Dehkanov ochib berar ekan, Prezidentimiz rahbarligida oliy oʻquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida  viloyat hokimliklari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlariga talaba-yoshlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha bir qator topshiriqlar berilgani ta’kidladi. Shuningdek, ushbu topshriqlar ijrosi muntazam ravishda  amalga oshirish uchun mana shunday mehnat yarmarkalari tashkillanayotganini ham aytib o‘tdi.  

 Yarmarkaga 100 dan ortiq tashkilot, korxona va tadbirkorlik subyektlari jalb qilindi. Tadbir asnosida talabalar tomonidan qiziqarli biznes gʻoyalar taqdimoti ham tashkil etildi. Unda shahar-tumanlardan kelgan tadbirkorlar yoshlarning istiqbolli loyihalari bilan tanishishdi. Talabalarga korxona va tashkilotlar mingdan ziyod ortiq, shahar va tuman bandlikka koʻmaklashish markazlari esa mingdan koʻproq boʻsh ish oʻrinlarini taklif etdi.

-  Institutimizda har yili mana shunday mehnat yarmarkasi tashkil etiladi,- deydi Energetika fakulteti 3- bosqich talabasi Inomjon Ergashboyev. - Ushbu yarmarkada tengdoshlarim qatori men ham muqim ish o‘rniga ega bo‘ldim. Endilikda viloyatimizdagi nufuzli korxonalardan biri ya’ni “ADM Electronics” MCHJ da o‘z soham bo‘yicha ishga joylashdim.Bundan juda mamnunman.

Yarmarkada institutning ikki ming nafardan oshiq talabalari ishtirok etib, ishlashga ehtiyoji boʻlgan bir yarim mingdan ortiq talaba-yoshlar korxona-tashkilotlarda tashkil etiladigan suhbatda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtkazildi. Yarmarkaning oʻzida esa yuz nafardan koʻproq talabalarga ishga joylashish uchun yoʻllanma berildi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti