Institut Ma'naviyat-ma'rifat kengashining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi


Mazkur yig'ilishda institut 1-prorektori Sh.Dehkanov, yoshlar masalalari va ma'naviy ishlar bo'limi boshlig'i B.Abduhalilov, institut inspektori X.Xomidov, fakultet dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Yig'ilishda 2024-yilning I-chorak davomida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlili  muhokama etildi. 

Kun tartibidagi ikkinchi masala, talabalarning darsga qatnashishlarining kunlik tahlili bo'yicha bo'lib, bu haqda yoshlar masalalari va ma'naviy ishlar bo'limi boshlig'i B.Abduhalilov batafsil axborot berib o'tdi.

Shuningdek,  talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni kunlik nima bilan shug'ullanayotganligi haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lish yoki jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish borasidagi proflaktik tadbirlarni muntazam va hamkorlikda amalga oshirish masalalari ham ayni shu yig'ilishda belgilanib olindi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti