O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida (O'zDJTU) O'zbekiston va Ispaniya oliy taʼlim muassasalari forumi bo'lib o'tdi



 Forumda O'zDJTU rektori  I.Toʻxtasinov, Ispaniyaning Fan, innovatsiyalar va universitetlar vazirligi huzuridagi SEPIE markazi direktori Janob Alfonso Gentil 

Ispaniya elchixonasining Muvaqqat ishlar vakili janob Gonsalo Furnier,  

 “El-yurt umidi” jamg‘armasi rahbarining o'rinbosari A.Hamdamov hamda O'zbekistondagi Erasmus+ dasturi rahbari Aziza Abdurahmonova (NEO koordinatori) ishtirok etdi.

Forumda Farg‘ona politexnika instituti vakili Z.Yunusov ham qatnashdi. Mazkur forum doirasida, Ispaniyaning Leyida Universiteti, Alikante Universiteti hamda boshqa universitetlar bilan ikki tomonlama muzokaralar o'tkazib, kelgusida qo'shma ta'lim dasturlari, professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy-o'quv va innovatsion dasturlarni birgalikda amalga oshirishni kelishib olishdi.

 Shuningdek, ushbu forumda Ispaniyadan 12 ta va O'zbekistondan 40 dan oshiq oliy taʼlim muassasalari qatnashib, Ispaniya taʼlim muassasalari vakillari bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti