Bugun Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti talabalari uchun amaliy seminar bo'lib o'tdi


Kuni kecha Yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetida "Favqulotda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muxofazasi oyligi" doirasida Farg‘ona shahar FVB boshliq o‘rinbosari A.Apponov, Farg‘ona shahar FVB 2-qism boshlig‘i A.Raxmatov, institut fuqaro va mehnat muxofazasi bo‘limi boshlig‘i I.Shermatovlar ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 

Seminar davomida "Fuqaro muhofazasi" oyligi davomida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar davomida yong‘inlarni oldini olish borasida targ‘ibot va tashviqot ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari sel oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha joylarda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ham atroflicha to‘xtalib o‘tdilar.

Semina so'ngida mutaxassislar tomonidan talabalarga yong'in o'chirish vositalarini ishlatish, ulardan foydalanish borasida amaliy ko'rgazmalar ham namoyish qilindi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti