Forum doirasida institut talaba-yoshlari uchun muhim kelishuvlarga erishildi


Forum seksiyarida qator yo‘nalishlarda samarali hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha munozara, tajriba almashish va uzoq muddatli rejalar muhokamasidan so‘ng tomonlar qo‘shma bayonot qabul qilishdi.

Ushbu Forumda institutimiz rektori O'ktam Salomov Tojikistonning qator nufuzli universitetlari bilan bir qatorda Akademik M.S.Osimi nomidagi Tojikiston texnika universiteti bilan ham barcha yo'nalishlarda manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish borasida ikki tomonlama Shartnoma imzoladi.

Mazkur Shartnomada, o‘quv, uslubiy va ilmiy-innovatsion yo‘nalishlarda doimiy aloqalarni yo'lga qo'yish alohida qayd etilgan.

Shuningdek, taʼlim, fan, texnologiya va madaniyat sohalarida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va kutilgan natijaga erishish uchun bir necha muhim masalalar ham qayd etilgan.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti