Institutning rasmiy veb-saytini yuritish hamda ma'lumotlar bilan boyitish yuzasidan seminar tashkil etildi


Bugun Farg'ona politexnika instituti majlislar zalida,  rasmiy  veb-saytini yuritish hamda ma'lumotlar bilan boyitish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar davomida institut raqamli ta'lim texnologiyalar markazi direktori Muxiddin Sobirov tomonidan  kafedralardan tayinlangan mas'ul shaxslarga har bir fakultetning o'z rasmiy veb saytini faoliyatini yo'lga qo'yish va Ishlab chiqarishda boshqaruv fakultetining rasmiy veb sayti ishga tushirilganligi haqida to'liq ma'lumot berib o'tildi.

Seminar so'nggida,  joriy yilning aprel oyi yakuniga qadar boshqa fakultetlarning ham veb saytlarini ishga tushirish lozimligi ta'kidlanib o'tildi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti