Institutimiz Tojikiston milliy universiteti bilan manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'ydi


Avval xabar berganimizdek, bugun O'zbekiston-Tojikiston oliy ta'lim muassasalari rektorlarining II forumi bo'lib o'tmoqda.Ushbu forumda Farg'ona politexnika instituti rektori O'ktam Salomov ham faol ishtirok etmoqda.

Forumning yalpi majlis yakuni bo‘yicha mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida 50 dan ziyod bitim, anglashuv memoradumi va yo‘l xaritalari imzolandi.

Forum doirasida institutimiz rektori O'.Salomov Tojikiston milliy universiteti bilan ham barcha yo'nalishlarda manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha Memorandum imzoladi.

Memorandumda, mazkur universitet bilan o‘qituvchi va talabalarning akademik almashinuvi, oliy va professional ta’limda o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, ilmiy anjumanlar, dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha kengashlar ishida ishtirok etish, ikki davlat olimlari tomonidan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, birgalikda ilmiy loyihalarda ishtirok etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti