Bugun Farg'ona politexnika institutining ma'daniyat saroyida, "Talabalar bahori" yoshlar festivalining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.


Dastlab, ushbu tadbirni Institut 1-prorektori Sherzod Dehkanov ochib berar ekan,  yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, xususan institutimizdagi shart-sharoitlar va ulardfan unumli foydalanish zarurligini ta'kidlab o'tdi.

Tadbir davomida "Quvnoqlar va zukkolar" (QVZ) jamoalarining  qiziqarli va shiddatli chiqishlari  yoshlarga o'zgacha ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi

 Festival so'nggida, g'olib bo'lgan sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi.

Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil qilingan Talabalar bahori 2024 festivali doirasida Quvnoqlar va Zukkolar ko'rik tanlovi o'tkazildi. Tanlov natijasiga ko'ra 
1-o'rin Kompyuterlashgan loyihalash tizimlarining "Boyvachcha" jamosi
2-o'rin Energetika fakultetining A'lo kayfiyat jamoasi
3-o'rin Yengil sanat va to'qimachilik fakultetining "Yosh to'qimachilar" jamoasi qo'lga kiritishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti