Institutda ishlab chiqarish korxona va tashkilot rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Bugun Farg‘ona politexnika instituti majlislar zalida ishlab chiqarish korxona va tashkilot rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda "FERGANA GLOBAL TEXTILE" MChJ, "FERGANA-OSEANA" MChJ, “Farg‘onadonmahsulotlari” AJ, "QUVA TEKSTIL" MChJ, Farg‘ona viloyat Agroxizmatlar markazi, Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini sifatini baholash davlat muassasasi, Agrokimyoviy ta’lim markazi, AKIS tashkiloti mas’ul xodimlari hamda institut O‘quv ishlar bo‘yicha prorektori J.X.Qambarov, Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti dekani I.A.Toshpulatov, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. 

Uchrashuv davomida ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar bo‘yicha talabalarning amaliyotini tashkil etishni takomillashtirish, o‘quv reja hamda dasturlarni zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirishda zarur bo‘lgan fanlarning hususiyatlari yuzasidan muzokaralar olib borildi hamda taklif va tavsiyalar asosida kelgusidagi faoliyat bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti