Institutimiz vakillari ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar holidan xabar olishdi


Mamlakatimizda mahallalar istiqomat qiladigan, biriktirilmagan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlashga katta eʼtibor berilmoqda. Xususan, 2023- yil 11-aprel kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham alohida topshiriqlar berib o'tildi.

Mazkur berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Farg'ona politexnika institutiga biriktirilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar holidan xabar olinib, har tomonlama ko'mak berilmoqda.

Kuni kecha institutda faoliyat yurituvchi soha prorektorlari Qo'shtepa tumani mahalla fuqarolar yigʻinlarida istiqomat qiladigan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi boʻlgan bir guruh yoshlar bilan uchrashdilar.

Uchrashuvlarda mahalla yigʻinlari faollari, yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbat oʻtkazildi, yoshlarning muammo va qiynayotgan masalalari tinglandi, bildirilgan taklif va murojaatlari koʻrib chiqildi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti