O'zLiDeP Farg'ona viloyat Kengashi hamda Farg‘ona Politexnika instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalariga oid uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad yoshlarning siyosiy-huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish, ularni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb etish, qonunlarni yoshlar orasida targ‘ib qilish orqali ularning jamiyat hayotiga daxldorligini kuchaytirish, yosh avlodning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladigan muhim tizim yaratishga qaratilgan masalalar ko'rib chiqildi.

Shuningdek, yoshlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida institutning Qurilish fakultetida “Yosh partiyachilar ligasi” klubini tashkil etish bo‘yicha tomonlar o‘zaro kelishuvga erishdilar.

Uchrashuv yakunida O'zLiDeP Farg'ona viloyat Kengashi hamda Farg‘ona Politexnika instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti