Farg'ona politexnika institutida Farg‘ona viloyatida tuman va shahar hokim o‘rinbosarlari bosh mutaxassislar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari boshlandi


Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali tomonidan tuman (shahar) hokimliklarida faoliyat yuritayotgan quyi bo‘g‘in davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.

Mazkur o‘quvlarda tuman (shahar) hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari hamda investisiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga biriktirilgan bosh mutaxassislar ishtirok etdmoqdalar.

Ushbu malaka oshirish kurslaridan ko‘zlangan maqsad-hokimlik mutaxassislarining sohaviy yo‘nalishlari bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

O‘quv mashg‘ulotlarida soha mutaxassislari tomonidan davlat fuqarolik xizmati sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar,  faoliyat yuritayotgan yo‘nalishlariga oid yangiliklar, xodimlarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti