Farg‘ona politexnika institutiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi Bobur Rahimov tashrif buyurdi


Tashrif davomida institutning Raqamli ta’lim texrologiyalari markazi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazib, ta’lim muassasada ta’lim va xizmatlarni raqamlashtirish, professor-o‘qituvchi va talabalar uchun qulayliklar yaratish va ta’lim muassasani bosqichma-bosqich SMART UNIVERSITY tizimiga o‘tkazish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi hamda xodimlar tomonidan berilgan takliflarni tingladi.

Shuningdek, institutda Xitoyning mashhur Huawei kompaniyasining HUAWEI ICT ACADEMY raqamli o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti