“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan tanlov o'tkaziladi



Farg'ona politexnika institutida  "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi va yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi bilan hamkorlikda talabalar oʻrtasida “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida tanlov bo'lib o'tadi.

Tanlov 3 ta yo'nalish bo‘yicha o'tkaziladi:

— “Eng yaxshi videorolik"               
— "Eng yaxshi rasm"
— “Eng yaxshi insho”

Videorolik va rasmlar bo'yicha ijodiy ishlar joriy yilning 23-noyabr kuniga qadar fakultetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o'rinbosarlariga topshirilishi belgilangan.

"Eng yaxshi insho"  tanlovi joriy yilning 23-noyabr kuni o'tkaziladi. Ushbu tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar fakultetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o'rinbosarlariga murojaat qilishlari so'raladi.   

Tanlov g'oliblari nominatsiyalar bo‘yicha quyidagi pul mukofotlari bilan rag'batlantiriladi:

1-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorining ikki barobari
2-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorining bir yarim barobari
3-o‘rin —  bazaviy stipendiya miqdorining bir barobari

Foydali havolalar

Farg'ona Politexnika Instituti