Rektor virtual
qabulxonasi

Farg'ona politexnika instituti

O'zbekiston kelajagi uchun yetuk, barkamol va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash!
Tempus - bu nima?

Tempus bu G’arbiy Bolqon mintaqasi, Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdagi hamkor-davlatlarda oliy  ta’limni zamonaviylashtirishga ko’maklashuvchi Evropa Ittifoqi dasturidir. U Evropa Ittifoqi va uning atrofidagi hamkor- davlatlar o’rtasida oliy ta’lim sohasida hamkorlik o'rnatishga katta hissa qo’shadi. Tempus ish o’rinlarini ko’paytirish va rivojlanishni jadallashtirishgaLissabon strategiyasi va Evropa oliy ta’lim mintaqasini yaratishga qaratilgan bo’lib, Boloniya Jarayoni kabi tashabbuslarda ixtiyoriy ravishda ishtirok etishni qo’llab quvvatlaydi.

Tempus IV (2007-2013) dasturi har yili bo’lib o’tadigan tanlov asosida ikki turdagi amallarni  moliyalashtiradi, ya’ni bular: Qo’shma loyihalar va Strukturaviy choralar.

Tanlov shartlari, muddatlari va ishtirok etish bo’yicha ma’lumotlar dasturning http://eacea.ec.europa.eu/tempus/index_en.php web-saytida joylashtiriladi.

Tempus loyihalarida faol qatnashayotgan oliy ta’lim muassasalari qatorida oliy ta’lim tizimiga tegishli barcha muassasa, tashkilot va korxonalar ham ishtirok etish imkoniyatiga egadirlar.

Qo’shma loyihalar bir yoki bir nechta hamkor-davlatlar ishtirok etish imkoniyatini o’zida mujassam etadi. Milliy loyihalarda bir hamkor-davlatning ishtiroki ko’zda tutilgan va ular milliy ustuvor yo’nalishlarga javob berishi lozim. Bir nechta davlatlar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar mintaqaviy ustuvor yo'nalishlarga yoki har bir hamkor-davlatlarning milliy ustuvor islohotlariga mos kelishi kerak.

  1. QO’SHMA LOYIHALAR

Qo’shma Loyihalar quidagi yo’nalishlarda amalga oshirilishi mumkin:

  • institutsional bosqichda yangi va mavjud bo’lgan o’quv dasturlarni zamonaviylashtirish;

  • oliy ta’lim muassasalarida boshqaruvni takomillashtirish;

  • jamiyat bilan aloqalarni kengaytirish;

  • uzluksiz ta’limni rivojlantirish.

         2. STRUKTURAVIY CHORALAR

Strukturaviy Choralar milliy darajada amalga oshiriladi va oliy ta'lim tizimini isloh qilish, jumladan boshqaruv, oliy ta'lim tizimi va jamiyat, ishlab chiqarish sohalari o'rtasida o'zaro hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, Evropa Ittifoqidagi oliy ta'limni rivojlantirish yo'nalishlariga yaqinlashtirish masalalarini hal etishda ko'maklashishga qaratilgan.

Choralar – tadqiqotlar, milliy va mintaqaviy miqyosda, tematik konferentsiya va anjumanlarni tashkil etish, siyosatni shakllantirish masalalari hamda maslahat dasturlari va ma’lumot tarqatish kabilar kirishi mumkin. 

-->