Rektor virtual
qabulxonasi

Farg'ona politexnika instituti

O'zbekiston kelajagi uchun yetuk, barkamol va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash!
Magistratura bo'limi boshlig'i

Ismanov Ibroxim Nabiyevich

Magistratura  bo‘limi  boshlig‘i

  Ismanov Ibroxim Nabiyevich 1960 yilda Andijon  viloyatida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

1982-1986 yillarda Samarqand kooperativ (hozirgi Iqtisodiyot va servis) institutining “Buhgalteriya hisobi va xo‘jalik faoliyati tahlili” mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

1990-1993 yillari Moskva matlubot kooperatsiyasi universiteti aspiranti, 1993-1999 yillari Samarqand kooperativ instituti Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi va dotsenti,      1999 - 2009 yillari davomida Farg‘ona politexnika institutida dotsent, kafedra mudiri, professor, fakul’tet dekani, Moliya va iqtisod  ishlari bo ‘yicha prorektor lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelgan. Hozirgi kunda Iqtisodiyot kafedrasi professori hamda magistratura bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlab kelmoqda.

1993 yili nomzodlik, 2009 yili doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan

Ismanov I.N. 1 monografiya, 3 ta o‘quv qo ‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va risolalar va  o‘quv-uslubiy ishlanmalar muallifi. Iqtisodiyot kafedrasida ilmiy muhitni shallantirishga erisha olganligi tufayli kafedra professor-o‘qituvchilaridan 1 nafari doktorlik, 3 nafari nomzodlik dissertatsiyasini yakunlab himoya qildilar. Uning rahbarligida 2 ilmiy tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasi  ustida ishlashmoqda. Farg‘ona politexnika instituti ilmiy-texnika hamda “Iqtisod va moliya” ilmiy-amaliy jurnallarining tahririyat kengashi a’zosi hisoblanadi .

Bog‘lanish uchun ma’lumot:

Tel: (+99873)241 12 06

E mail: inismanov@ferpi.uz

-->