Rektor virtual
qabulxonasi

Farg'ona politexnika instituti

O'zbekiston kelajagi uchun yetuk, barkamol va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash!
Fakultet haqida ma’lumot

I.T.Yormatov 1958 yil Farg’ona shahrida tug’ilgan.   

O’rta maktabni 1975 yilda tugatib, 1980 yili Toshkent qishloq xo’jaligi institutining “Qishloq xo’jaligi iqtisodi” fakultetini tugatib, bakalavr darajasi diplomini olgan.

1980-1981 yillarda armiya safida xizmat qilgan.

1989 yildan boshlab, u Farg’ona Politexnika instituti “Buxgalteriya va audit” kafedrasida assistent, 1996-2001 yy. kafedra mudiri qilib saylangan.

2001-2005 yillarda “Muhandislik iqtisodiyot” kafedrasini  boshqargan. 

2005-2006 yillarda Quvasoy kasb- hunar kolleji direktori

2007-2008 yillarda”Menejment” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2009 yildan beri “Sanoat Ishlab Chiqarishni boshqaruv” fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko’rsatmoqda.

Fakultet tarixidan.

Fakultet 1973 yil sentabr oyida “Aholiga xizmat ko’rsatish texnologiyalari” fakulteti asosida tashkil etilgan.                                       “Matematika”, ”Iqtisod nazariyasi”, “Chet tillari ”, “Sanoat va qurilish iqtisodiyoti va boshqarish “ kafedralari o’quv, uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan.  1976 yilda “Buxgalteriya”, 1977 yil esa “ Xizmat ko’rsatish sifatini nazorat qilish” va 1984 yilda  “Iqtisod va statistika” kafedrasi ochilgan.   

 Bugungi kunda “Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakultetida

–– Buxgalteriya va audit

–– Iqtisod

–– Menejment 

–– Matematika

––“Tillarni o’rgatish” kafedralari tashkil  etilgan.                                                                                         
Fakultetda quyidagi dekanlar faoliyat olib borgan:

2001-2007 F.Yuldashev 

2007-2009 M.Abdullayev

2009-xozirgacha –I.Yormatov.

-->