Rektor virtual
qabulxonasi

Farg'ona politexnika instituti

O'zbekiston kelajagi uchun yetuk, barkamol va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash!
Fakultet haqida ma’lumot

Fakultet  tarixi

 

«Kimyo – texnologiya» Fakulteti Farg‘ona politexnika institutining eng kenja Fakulteti bo‘lib, 1993 yilda Farg‘ona viloyati hududidagi korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida yangi «Konservalashtexnologiyasi», «Yog‘–moytexnologiyasi» mutaxassisliklari ochilishi munosabati bilan «Muhandis-iqtisod» Fakulteti tarkibidan ajralib chiqib, mustaqil «Kimyo-texnologiya» Fakulteti tashkil qilindi. Fakultet  dekani lavozimiga kimyo fanlari nomzodi, dotsent S.R.Mirsalimova dekan etib saylandi.

Fakultet ni birinchi dekani, k.f.n., dotsent S.R.Mirsalimova

Unga qadar, «Kechki va sirtqi bo‘lim» Fakulteti, keyinchalik kunduzgi «Muhandis – iqtisod» Fakulteti tarkibida «Noorganik moddalar texnologiyasi»va «Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlangan.Yangi Fakultet  tarkibiga 1996-1997 yillarda “Kimyoviy texnologiya va biotexnologiya”, 2001yilda“Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va dastlabki ishlov berish”,“Yog‘-moy texnologiyasi”,“Umumiy kimyo”,”Mehnatni muhofaza qilish”,“Jismoniy tarbiya” va “O‘zbek va rus tillari” kafedralari kiritilgan. “O‘zbek va rus tillari”  kafedrasi sobiq “Iqtisodiyot”, hozirgi kundagi nomi  “Ishlab chiqarishda boshqaruv” Fakultetiga biriktirildi. 2005yilda“Yog‘-moytexnologiyasi”  va “Umumiy kimyo” kafedralari biriktirilib, “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi tashkil etildi.“Mehnatni muhofaza qilish” kafedrasi “Hayot faoliyati xavfsizligi” nomi bilan o‘zgartirildi.Bugungi kunda Fakultet  tarkibida 5 ta kafedra faoliyat  yuritmoqda.

Fakultet ga 1993-2001yillarda S.R.Mirsalimova, 2004-2007 yillarda S.S.Sobirov, 2007-2008 yillarda v.b A.K.Raximov, 2008-2011 yillarda O.Ibragimov, 2011 -2013 yilgacha O.N.Sulaymonov, 2013-2014 yillarda v.b U.R.Tojiboyev va 2014 yildan boshlab R.A. Anorov rahbarlik qilib kelmoqda.

Fakultet  tarkibiga kiruvchi kafedralar nomi

1. “Kimyoviy-texnologiya” kafedrasi (kafedra mudiri t.f.n. SH. Xamdamova)

2.“Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi”kafedrasi (kafedra mudiri q.x.f.n. M. Mirzayeva)

3.“Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi (kafedra mudiri dotsent A. Nomozov)

4.“Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi (kafedra mudiri t.f.n. I. Mamirov)

5.“Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi (kafedra mudiri katta o‘qituvchi A. Abdugapparovlar).

   Ta’lim yo‘nalishlari nomi va tavsifi

5320400 - «Kimyoviy texnologiya» kafedrasi 1981 yili «Noorganik moddalar texnologiyasi» nomi bilan tashkil topdi va «Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi» mutaxassisligi bo‘yicha “muhandis – kimyogar” texnologlar tayyorlagan.   “Kimyoviy texnologiya” - 5320400-yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlaydi. 1999 yildan boshlab «Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi» mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bo‘limi ochilgan. Hozirgi kunda 5A 522404 -“Mineral o‘g‘itlar kimyoviy texnologiyasi”   mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlaydi. 20 ta professor - o‘qituvchi talabalarga ixtisosliklar bo‘yicha dars berib kelmoqda.

5620500 - “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” 2001 yilda, Kimyo-texnologiya Fakultetining “Yog‘ va moylar texnologiyasi” kafedrasidan ajralib, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi tashkil topgan.   Kafedrada 1ta qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor, Ibragimov O.,4ta – fan nomzodi, dotsent (XasanovA. Qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent, Shodmonov X. Texnika fanlari nomzodi, dotsent, MirzayevaM. Va Davronov Q. Qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi), 1 ta – katta o‘qituvchi (Nazirova R.), 9 ta assistent (Axunova M., Shokirova G., Umarqulova B., Asqarov X., Ubaydullayev M., Qoratoyeva CH., Sulaymonov R., Xadyatullaeva N., Raxmatullayev G‘.lar) va dotsent (O.Sulaymonov, U.Tojiboev) lar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

5321000 — «OZIQ – OVQAT TEXNOLOGIYaSI».

«Yog‘ va moylar texnologiyasi» hamda “Umumiy kimyo” kafedralarining  2005 yilda birlashtirilishi natijasida «Oziq – ovqat texnologiyasi» kafedrasi tashkil etildi. Kafedrada Farg‘ona vodiysida joylashgan “Farg‘ona yog‘-moy”, “Qo‘qon yog‘-moy”, “Asaka yog‘-moy”, “Andijon yog‘-moy”, “Uchqo‘rg‘on yog‘-moy” kabi yirik ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari, don va don mahsulotlari, go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlar tayyorlash bilan birgalikda institutning barcha texnik yo‘nalishlar bo‘yicha talabalarga “Kimyo” fanidan ta’lim – tarbiya berib kelinmoqda. Kafedrada 2012/2013- o‘quv yilida 5321000 – Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) bakalavriat qoshida 5A 321003 - Oziq-ovqat xavfsizligi magistratura yo‘nalishi ochildi va 8 nafar talabalar konkurs asosida qabul qilindi.

Fakultet  o‘quv jarayoni

Fakultet da 5320400 - «Kimyoviy texnologiya», 5620500 - “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” va 5321000 – “Oziq-ovqat texnologiyasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Hozirgi kunda Fakultet dagi 39 ta akademik guruhlarda  900 ta talaba  ta’lim olmoqda.

«Kimyoviy texnologiya» kafedrasida 2 ta ma’ruza xonalari va 7 ta o‘quv-laboratoriya xonalari mavjud bo‘lib, zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan. “Farg‘onaazot” OAJda kafedraning filiali hamda o‘quvxonasi mavjud. Kafedrada “Kimyoviy texnologiya” yo‘nalishi va “Oziq-ovqat texnologiyasi” yo‘nalishida ta’lim  olayotgan talabalarga 18 ta fandan dars mashg‘ulotlari o‘tiladi.

“Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi”  kafedrasida 7 ta o‘quv laboratoriya va 2 ta ma’ruza auditoriyasi zamonaviy jihozlangan. Shuningdek, Zarkent agrosanoat kasb-hunar kolleji, Quva sanoat va transport kasb-hunar kolleji, Quva iqtisodiyot kollejlari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan bo‘lib, hozirgi kunda shu asosda birqator ishlar olib borilmoqda. 5321000 —  “Oziq - ovqat texnologiyasi” kafedrasi institutning bosh binosining 5-qavatida joylashgan bo‘lib, 2013 yildan ushbu binoda Rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Rekonstruksiya natijasida kafedrada, Yog‘-moy mahsulotlari texnologiyasi laboratoriyasi, Kompyuterdan foydalanib laboratoriya ishlarini bajarish uchun Vertual laboratoriya xonasi,  Fizik va kolloid kimyo laboratoriya xonasi, Umumiy va noorganik kimyo laboratoriya xonasi, Fizik-kimyoviy tahlil ilmiy-tadqiqot laboratoriya xonasi, Analitik kimyo laboratoriyasi, Organik kimyo laboratoriyasi, Umumiy oziq-ovqat texnologiyasi laboratoriyasi, Mikro biologiya va biotexnologiya laboratoriyasi hamda 75 o‘rinli ma’ruzalar zalidan iborat zamonaviy laboratoriya jihozlar bilan ta’minlangan 10 laboratoriyalar faoliyat  yuritadi.

Ayni kunda fakultet  bo‘yicha 102 ta professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Ulardan 82 tasi professor-o‘qituvchilarni va 20 tasi ishchi-xodimlarni tashkil etib, bitta fan doktori,  18 ta fan nomzodidan iborat. Fakultetda olib borilayotgan darslarni yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib yo‘lga qo‘yilganligi muhim o‘rin egallamoqda. Shu o‘rinda mutaxassislik fanlarining ayrimlarida ingliz tilida dars o‘tilayotganligini alohida aytib  o’tish joiz.

Ilmiy salohiyat, ilmiy tadqiqot jarayoni va o‘zaro  hamkorlik

Fakultet  bo‘yicha 82 ta professor o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda, o‘rtacha ilmiy – pedagogik salohiyat 25% foizni tashkil etadi. Bundan tashqari,  “kimyo texnologiya”  yo‘nalishi bo‘yicha – Hamraqulov Z., Eminov SH.,  Ergashev D., Turdaliyev U. Va Yo‘lbarsova M. Doktorantura ilmiy ishlarini olib borishmoqda.“Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi”  yo‘nalishi bo‘yicha AbdukarimovaD., Davronov Q., Ergashev M.lar ham doktoranturaga qabul qilindi va Nazirova R., Shokirova G.lar esa mustaqil ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasidan TurdaliyevJ.lar  ham doktoranturaga qabul qilindi.

Fakultet  zamonaviy ilmiy-texnika jihozlariga ega. Fakultetda bir necha ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari mavjud.         Fakultetda katta hajmda davlat byudjetidan ta’minlanadigan va shartnoma asosidagi ilmiy-tadqiqot ishlari bajariladi.

Fakultet  o‘qituvchilari chet davlatlar va MDX respublikalaridagi ilmiy-o‘quv muassasalari bilan ilmiy aloqa o‘rnatgan. Xalqaro dasturlarda va fondlarda ishtirok etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining “ Umumiy va noorganik moddalar kimyosi” instituti,  «O‘simlik moddalar instituti», «Polimerlar instituti», O‘zRFA «Yadro-fizikainstituti», «Tabiatni muhofaza qilish» Farg‘ona viloyat qo‘mitasi, Mehnatni muhofaza qilish Milliy instituti (Kiyev shaxri), «Ximneftemashproekt» ochiq aksionerlik jamiyati (Kievshaxri), «SoftFond» ochiq turdagi jamiyati (Kievshaxri), «Instrom» ilmiy-tadqiqot va joriy qiluvchi korxona (Kiyev shahri).

Fakultetni bitirgan barcha talabalar vodiyda joylashgan yirik sanoat korxonalariga ishga yuboriladi. Jumladan, sobiq talabalarimiz «Farg‘onaazot» O.A.J., Farg‘ona kimyoviy tolalar zavodi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, Farg‘ona yog‘ – moy kombinati, Qo‘qon super fosfat zavodi, Qo‘qon spirt O.A.J., Andijon, Asaka, Uchqo‘rg‘on yog‘–moy kombinatlari, Andijon biokimyo zavodi, Quvasoy sement kombinati kabi yirik zavodlarda mas’ul lavozimlarda ishlamoqdalar.

Fakultet  ma’naviy –ma’rifiy ishlari

Kimyo-texnologiya Fakultetida ma’naviy – ma’rifiy ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tashkiliy ishlarni amalga oshirishda dekan muovinlari A.Bazarov va N.Abdug‘aniyevlar faoliyat olib bormoqdalar Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 12 dekabrdagi   “Vatan himoyachilar kuni bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-4174 –sonli farmoyishi yuzasidan tadbirlar uyushtirildi.Yo‘l harakati xavfsizligi oyligi” tadbirlari o‘tkazildi.Shuningdek, Qo‘shtepa tumanida,  kasb-hunar kollejlarida  (Qo‘qon neft va gaz sanoati kolleji, Farg‘ona tumanidagi agrosanoat kasb-hunar kolleji, Buvayda tumani  “Iqtisodiyot” va “Avtomobil va yo‘l-transporti kolleji, Toshloq tumani Zarkent agrosanoat kasb-hunar kolleji), muruvvat va mehribonlik uylarida ma’naviyat va ma’rifat ishlari doimiy olib boriladi. Institutni faxriy professor-o‘qituvchilari holidan xabar olib turilibdi. Farg‘ona shahar obodonchilik ishlarida ham Fakultet  professor-o‘qituvchilari va talabalari faol qatnashib kelmoqdalar.Bundan tashqari, har yili 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida o‘tkaziladigan sport musobaqalarida Fakultet  xotin –qizlari institut bo‘yicha faxrli o‘rinlarni olib kelishmoqda.

-->