Rektor virtual
qabulxonasi

Farg'ona politexnika instituti

O'zbekiston kelajagi uchun yetuk, barkamol va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash!
Fakultet haqida ma’lumot

Fakultet tarixi

1967 yili Farg’ona politexnika instituti tarkibida Qurilish fakulteti tashkil etildi va yangi fakultetda «Sanoat va fuqaro qurilishi» hamda, «Neft va gaz quvurlarini parmalash» yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar chiqarish rejalashtirildi.

 Tashkil etilgan qurilish-geologiya fakulteti dekani lavozimiga geologiya-mine­ralogiya fanlari nomzodi, dotsent  X.A.Axmedov saylandi.      O’sha davrda fakultet tarkibida uch kafedra faoliyat ko’rsatgan. «Umum­muhandislik va geologiya» fanlari, «Organik kimyo» hamda «Xorijiy til­lar va rus tili» kafedralari edi. 1969 yilda «Umum­muhandislik va geologiya» kafedrasi «Geologiya va qurilish fanlari» hamda «Energetika fanlari» deb nomlangan ikki mustaqil kafedraga bo’lindi. 1968 yilda «Materiallar qarshiligi» kafedrasi ochildi.

1972 yilga kelib qurilish fakulteti tarki­bida yangi kafedralar tashkil etildi. Bular «Bino va sanoat inshootlari qurilishi», «Qurilish mexanikasi va tuzilmalari», «Rus tili», shuningdek, «Qurilishni tashkil etish», «Qu­rilish tuzilmalari», «Qurilish mexanikasi»  kafedralari edi.

1979 yilda «Qurilish mexanikasi» kafedrasi negizida «Gruntlar mexanikasi, “Zamin va poydevor» kafedrasi tashkil qilindi.

Hozirgi kunlarda Qurilish fakulteti institutdagi peshqadam jamoalardan biri sifatida faoliyat ko’rsatmoqda va unga 2014 yil mart oyidan  dotsent J.Axmedov boshchilik qilmoqda. 

Fakultet tarkibiga kiruvchi  kafedralar nomi  

"Bino va inshootlar qurilishi va kadastr " kafedrasi 

"Muhandislik kommunikatsiya qurilishi va servis" kafedrasi 

"O'zbekiston tarixi" kafedrasi  

"Arxitektura" kafedrasi

"Uy joy, kommunal va maishiy xizmat tarmoqlari servisi" kafedrasi

TA'LIM YO'NALISHLARI  TAVSIFI                    

5580200 - Bino va inshootlar qurilishi Ushbu yo'nalish bo'yicha ta'lim olgan bakalavrlarning kasbiy faoliyat turlari:

- SHahar qurilishi va xo’jaligi Ushbu yo'nalish bo'yicha ta'lim olgan bakalavrlarning kasbiy faoliyat turlari: SHJamoat binolari

5140900 - Kasbiy ta'lim (bino va inshootlar qurilishi)  Mazkur yo'nalishda ta'lim olgan bakalavrlar kelajakda bino va inshootlar qurilishi korxonalarida muhandis hamda kasb-hunar bilim yurtlarida dars beruvchi pedagogik xodim sifatida ishlashga mo'ljallab tayyorlanadi.

5620700 - Er tuzilishi va kadastri  Ushbu yo'nalish bo'yicha ta'lim olgan bakalavrlarning kasbiy faoliyat turlari: respublikamiz yer fondini nazorat qilish yer resurslarini oqilona foydalanish yer resurslari va davlvt kadastr qo’mitalarida ish faoliyatini olib borish.

5311500 – Geodeziya, kartografiya va kadastr  Ushbu yo'nalish bo'yicha ta'lim olgan bakalavrlarning kasbiy faoliyat turlari: respublika  miqyosida  geodeziya va kartografiya  sohasida faoliyat olib boriladi.

5580400 - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi Ushbu yo'nalish bo'yicha ta'lim olgan bakalavrlarning kasbiy faoliyat turlari:

5340100- Arxitektura  Ushbu yo'nalish bo'yicha ta'lim olgan bakalavrlarning kasbiy faoliyat turlari: 7.2  Kasbiy faoliyatlari:  Arxitektura sohalarida.Loyixalashtirish institutlari uchun loyixachilar. Kompyuterda loyixalarni bajaruvchilar.Komp'yuter grafikasi qo`llaniladigan muassasa va korxonalar uchun mutaxassislar.O`rta, o`rta - maxsus o`quv muassasalari, kollejlar va litseylar uchun mutaxassislar.

-Qishloq hududlarida arxitekturaviy loyihalarni tashkil etish Ushbu yo'nalish bo'yicha ta'lim olgan bakalavrlarning kasbiy faoliyat turlari:

5810900-“Servis (Uy-joy va kommunal, maishiy xizmatlar) Ushbu yo'nalish bo'yicha ta'lim olgan bakalavrlarning kasbiy faoliyat turlari:Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatini tashkillashtirish va moliyaviy boshkarish  Magistr malakaviy darajasi

5A580201 - Qurilish konstruktsiyalari, bino va inshootlar.

5A410701-”Er resurslaridan foydalanish va boshqarish”

5A580402- “Suv ta’minoti, kanalizastiya, suv resurslarini muxofaza qilish va ulardan samarali foydalanish” mutaxassisligi 

O'ZARO  HAMKORLIK

Qurilish fakulteti O`zbekiston Respublikasi "Davrarxitexqurilish" qo`mitasi va Toshkent arxitektura va qurilish  institutlar bilan doimo ilmiy-ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilib kelmoqda.

Toshkent arxitektura va qurilish instituti  

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institut 

SamDAQI 

Bundan tashqari, mamlakatimizning yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan doimiy xamkorlik olib boradi:

“Farg’ona Azot” ishlab chiqarish birlashmasi, “Farg’onafuqaroloyiha”, “Davr-AT”, “Al-Me’mor-A”, “Qo’qonqurilishloyiha”, “Farg’onalandshaftdizayn”, “Emaks” va bir nechta  loyihalash institutlari xodimlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqdalar

Qurilish fakultetida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlari

Fakultetda belgilangan ma’naviy-ma’rifiy ish reja asosida tadbirlar muntazam o’tkazib kelinmoqda. Institut miqyosida o’tkaziladigan “Ma’naviyat kuni” tadbirlarida fakultet talabalari, professor-o’qituvchilari faol ishtirok etib kelmoqda. Fakultet talabalari respublika, xalqaro miqyosida o’tkazilayotgan sport musobaqalarida faol ishtirok etmoqdalar.

Manzili:  

Farg'ona ko'chasi, 86 uy, 5 bino  

Tel: (+998-732)  241-12-06 

-->