Rektor virtual
qabulxonasi

Farg'ona politexnika instituti

O'zbekiston kelajagi uchun yetuk, barkamol va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash!
E'lonlar

Аxborot xati

2016 yilning 20-22 aprel kunlari Farg’ona politexnika institutida “Texnika va texnologiyaning dolzarb muammolari, ularning energotejamkor  va innovatsion yechimlari” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-texnik anjumani o’tkazish rejalashtirilgan.

Ilmiy-texnik anjuman materiallari to’plamini chop etish ko’zda tutilgan. Shu munosabat bilan 2016 yilning 5 apreligacha bo’lgan muddatda ma’ruza tezislari qog’ozda va elektron shaklda quyidagi rasmiylashtirish tartibiga rioya etilgan holda anjuman tahririyatiga jo’natilishi lozim. Tezislar o’zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

Konferentsiyada quyidagi yo’nalishlardagi muammolar muhokama etiladi:

- texnik fanlarni o’qitishning zamonaviy uslublari;

- mashinasozlikda zamonaviy materiallar, metallarni qayta ishlash va quymakorlik jarayonlari;

- mashinasozlikda innovatsion texnologiyalar, metallarga ishlov berishning zamonaviy usullari;

- mashinasozlikda mexatronika va robototexnika muammolari;

- ishlab chiqarishda loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish, kompyuter texnologiyalari  va boshqaruv tizimi;

- mashina detallari, mexanizm va inshootlarni loyihalash, modellash va ishonchliligini ta’minlash;

- transport  tizimlaridan foydalanish, servis xizmat ko’rsatish va uning iqtisodiy muammolari;

- tribotexnika, ta’mirlash va qayta tiklash texnologiyalari;

- kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarining dolzarb muammolari va ularning texnik, texnologik yechimlari;

Taqdim etilayotgan ma’ruza tezislarini rasmiylashtirish tartibi:

1. Taqdim etilayotgan ma’ruza tezislari 2 bet hajmidan oshmasligi kerak.

2. Ma’ruza tezislari MS WORD dasturida Times New Roman shriftida rasmiylashtiriladi;

3. Ma’ruza A4 o’lchamdagi oq qog’ozda, 12 shriftda, 1 interval oralig’ida, chegaralari yuqoridan va pastdan 20 mm, o’ngdan va chapdan 25 mm bo’lishi kerak.

4. Birinchi betda o’rtada ma’ruza nomi bosh harflarda yozilib, 1,5 intervaldan so’ng muallif(lar)ning familiyasi, ismi-sharifi va yana 1,5 intervaldan so’ng institut yoki tashkilot nomi yoziladi.

5. Ma’ruza tezislari 1 nusxada tayyorlanib, ma’lum bir muammo yechimiga qaratilgan bo’lishi va mualliflar tomonidan imzolanishi lozim.

6. Anjuman materiallarining har bir sahifasi uchun 10000 so’m to’lanadi.

7. Qo’yilgan talablarga javob bermaydigan ma’ruza tezislari chop etilmaydi hamda qo’l yozmasi qaytarilmaydi.

Farg’ona politexnika instituti, “Mashinasozlik texnologiyasi va avtomatlashtirish”  kafedrasi.

Tel: (91) 663-46-35, (90) 232-72-88  (“Mashinasozlik texnologiyasi va avtomatlashtirish” kafedrasi mudiri E.T.Mamurov) farpi_conference@ferpi.uz

Manzil: Farg’ona shahar, Farg’ona ko’chasi 86.

x/r: 23402000300100001010,  

shaxsiy x/r: 400110860304017950100079002,

inn: 201104719.  info: 00014 

 


 

Аxborot xati

2016 yilning 2-3-dekabr kunlari Farg’ona politexnika institutida “Energiya tejamkorligi, elektr  energetikasi ta’minoti uzluksizligini ta’minlash kontseptsiyasini dolzarb muammolari hamda ularning yechimlari samaradorligini oshirish” mavzusidagi  Respublika ilmiy-amaliy anjuman o’tkazish rejalashtirilgan.

 

Ilmiy–texnik anjuman materiallari to’plamini chop etish ko’zda tutilgan. SHu munosabat bilan 2016 yilning 10-noyabrigacha bo’lgan muddatda ma’ruza tezislari qog’ozda va elektron shaklda quyidagi tartibda rasmiiylashtirish tartibiga rioya etilgan holda anjuman tahririyatiga jo’natilishi lozim. Tezislar o’zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

Konferentsiyada quyidagi yo’nalishlardagi muammolar muhokama etiladi:

  • energetik resurslar, energiya tejamkorlik va noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanish muammolari;
  • elektr uzatish va taqsimlash jarayonlarini modernizatsiyalash, ularni tahlil va sintez qilishning noan’anaviy usullari;
  • elektr energetika iste’mol qilish, isroflarni kamaytirish, reaktiv quvvatni o’rnini qoplash muammolarining yechimlari va hisoblari;
  • uy–joy va sotsial ob’ektlarni mahalliy ishlab chiqarilgan zamonaviy energiyatejovchi qozonlar, quyosh suvisitish tizimlariga o’tkazishning ilmiy–amaliy tavsiyalari;
  • uy–joy va sotsial ob’ektlar qurilishinng energiya tejamkorligi
  • mashinasozlik va transport sohasida energiya tejamkorlik muammolari va ularning yechimlari;
  • kimyo va oziq–ovqat sanoati korxonalarida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash hamda qayta ishlashda energiya tejamkorlik muammolarini tahlili;
  • sanoat korxonalari va sotsial ob’ektlar energiya tejamkorligining ijtimoiy–iqtisodiy jihatdan ahamiyatlarini tahlili.
  • elektr energetikasi majmualarining avtomatlashtirilgan va kompьyuterlashtirilgan tizimlarida energiya tejamkorlikka erishish samaradorligiga erishish muammolari;
  • Elektr energiya ishlab chiqarish, foydalanish va uni tejash jarayonlarini o’qitishda ijtimoiy va gumanitar fanlarning o’rni.

Anjumanga tayyorlanayotgan materiallarga quyidagi talablar qo’yiladi:

Taqdim etilayotgan ma’ruza tezislari 2 betdan oshmasligi kerak.

Ma’ruza tezislari  MS WORD  dasturida Times New Roman (o’zbek va rus tilidagi maqolalar uchun) shriftida rasmiylashtiriladi;

Ma’ruzalar A4 o’lchamdagi oq qog’ozda, 12 shrift bilan, 1 interval oralig’ida, chegaralari yuqoridan va pastdan 2, o’ngdan 1,5  va chapdan 3  bo’lishi kerak.

Birinchi betda o’rtada ma’ruza nomi bosh harflarda, 1,5 intervaldan so’ng muallif (lar)ning familiyasi,ismi–sharifi va yana 1,5 intervaldan so’ng institut yoki tashkilot nomi yoziladi

materiallar 1 nusxada tayyorlangan va ma’lum bir muammo yechimiga qaratilgan  bo’lib, mualliflar tomonidan imzolanishi lozim.

Anjuman materiallarining har bir sahifasi uchun  10 000 so’m to’lanadi.

Yuqoridagi talablarga javob bermagan maqolalar qabul qilinmaydi va avtorlarga qaytarilmaydi. Yuborilgan maqolalar muallif (lar) tomonidan  sinchkovlik va o’tkir diqqat bilan tahrir qilinishi shart. Tahririyat maqolalarni tanlash huquqiga ega. Bitta maqolada mualliflarning soni 4 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiq.   

Anjumanda ishtirok etish uchun talabnoma va ma’ruza matnining 1 nusxadagi qog’oz va elektron varianti (disketada yoki elektron pochta orqali) tegishli tartibda ekspertiza dalolatnomasi bilan 2016 yil 10 noyabrgacha quyidagi manzilga yuborilishi so’raladi:

150107, Farg’ona shahri, Farg’ona ko’chasi, 86–uy. Farg’ona politexnika instituti, "Elektr energetikasi" kafedrasi, tel. (8–373) 241–20–73, +998–91–328–34–68 faks: (8–373) 241–12–06 (Anjuman ilmiy kotibi Mashrabov Farruxjon, tel: +998–93–982–61–19, +998–91–284–68–89).

E–mail: Tulkin_Jabborov@umail.uz,

Web–sahifa: www.ferPI_info@edu.uz

MANZIL:  Farg’ona  shahar,  Farg’ona  ko’chasi, 86–uy, X/R: 23402000300100001010, shaxsiy x/r: 400110860304017950100079002,  INN:  201122919,  MFO: 00014

 


Axborot xati

 

2017 yilning 20-21 aprel kunlari Farg’ona politexnika institutida “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlashning tejamkor texnologiyalari va ularning innovatsion yechimlari” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-texnik anjumani o’tkazish rejalashtirilgan.

Ilmiy-texnik anjuman materiallari to’plamini chop etish ko’zda tutilgan. SHu munosabat bilan 2017 yilning 5 apreligacha bo’lgan muddatda ma’ruza tezislari qog’ozda va elektron shaklda quyidagi rasmiylashtirish tartibiga rioya etilgan holda anjuman tahririyatiga jo’natilishi lozim. Tezislar o’zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

Konferentsiyada quyidagi yo’nalishlardagi muammolar muhokama etiladi:

- Qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishning agrotexnologik muammolari  va ularning innovatsion yechimlari;

- Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash, quritish, dastlabki va qayta ishlash jihozlari va mashinalarini takomillashtirish va ishlab chiqarishga tadbiq etish;

- Oziq-ovqat va chorvachilik mahsulotlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishning mintaqaviy xususiyatlari va ustuvor yo’nalishlari;

- Qishloq xo’jaligida yuqori samarali kimyoviy moddalardan foydalanish, o’simliklarni kasalliklar va zararkunandalardan uyg’unlashgan himoyalash usullarini takomillashtirish va ishlab chiqarishga joriy qilish;

- Qishloq xo’jaligida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish va elektrotexnologiyani qo’llash doirasini kengaytirish masalalari.

- Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash korxonalarini qurishda yangi innovatsion g’oyalarni tadbiq etish;    

- Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida xorijiy investitsiyalarning roli va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash muammolari.

Taqdim etilayotgan ma’ruza tezislarini rasmiylashtirish tartibi:

1. Taqdim etilayotgan ma’ruza tezislari 2 bet hajmidan oshmasligi kerak.

2. Ma’ruza tezislari MS WORD dasturida Times New Roman shriftida rasmiylashtiriladi;

3. Ma’ruza A4 o’lchamdagi oq qog’ozda, 12 shriftda, 1 interval oralig’ida, chegaralari yuqoridan va pastdan 20 mm, o’ngdan va chapdan 25 mm bo’lishi kerak.

4. Birinchi betda o’rtada ma’ruza nomi bosh harflarda yozilib, 1,5 intervaldan so’ng muallif(lar)ning familiyasi, ismi-sharifi va yana 1,5 intervaldan so’ng institut yoki tashkilot nomi yoziladi.

5. Ma’ruza tezislari 1 nusxada tayyorlanib, ma’lum bir muammo yechimiga qaratilgan bo’lishi va mualliflar tomonidan imzolanishi lozim.

6. Anjuman materiallarining har bir sahifasi uchun 10000 so’m to’lanadi.

7. Qo’yilgan talablarga javob bermaydigan ma’ruza tezislari chop etilmaydi hamda qo’l yozmasi qaytarilmaydi.

Farg’ona politexnika instituti, “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi”  kafedrasi.

Tel: (90) 561-20-35, (90) 534-70-72 (“Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi dotsenti U.Tojiboev) ferpi@inbox.ru

Manzil: Farg’ona shahar, Farg’ona ko’chasi 86.

x/r: 23402000300100001010,  

shaxsiy x/r: 400110860304017950100079002,

inn: 201104719.  info: 00014  (FarPI konferentsiya uchun deb yozing)

-->