Rektor virtual
qabulxonasi

Farg'ona politexnika instituti

O'zbekiston kelajagi uchun yetuk, barkamol va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash!
Bo'lim haqida ma’lumot

Magistratura bo‘limi tarixi

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi  Qonuni  va “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”ga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining  12 iyul 342 –sonli Qarori va Oliy  va o‘rta  maxsus ta’lim  vazirligining 1999 yil 13 may “Magistratura  mutaxassisliklari bo‘yicha  kadrlar tayyorlashga ruxsat berish haqida” gi 136 sonli  buyrug‘iga binoan Farg‘ona Politexnika institutida Magistratura bo‘limi institut rektorining 1999 yil 16 sentyabrdagi 271 l/o- sonli buyrug‘iga asosan  tashkil etilgan. Magistratura bo‘limiga t.f.n.,dotsent V.E.Gerdov, t.f.n., dos. M.X.Zokirov, t.f.n.,dotsent B.N.Fayzimatov, t.f.n.,dotsent S.T.Tursunov rahbarlik qilib kelishgan. Hozirgi kunda Magistratura bo‘limiga i.f.d., prof. I.N.Ismanov rahbarlik qilib kelmoqda.

Magistratra bo‘limining  o‘quv jarayoni

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi  Qonuni  va “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1533-sonli,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining   2007 yil 10 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy  ta’lim  tizimida magistratura faoliyatini  yanada takomillashtirish, uning  samaradorligini oshirish  chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”  190-sonli hamda  O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  Vazirligining  2012 yil 29 oktyabrdagi 418- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan vazifalar bozor iqtisodiyoti  sharoitida magistratura ta’limiga e’tiborning yanada kuchayishi va shu  sohada  davr talabiga javob beradigan yetuk  mutaxassislarni  tayyorlashni taqozo qiladi.

Magistratura bo‘limida  bugungi  kunda 2-kurs 12 ta mutaxassislik  va yangi  klassifikatorga  muvofiq 1- kursda 11 ta mutaxassisliklar bo‘yicha  magistrantlar tayyorlanmoqda. Mutaxassisliklar bo‘yicha ular quyidagicha.

 

Mutaxassislik

Tayyorlashga ma’sul bo‘lgan kafedra

shifri

nomi

Nomi

Kafedra mudiri

1

5A310104

“Issiqlik energetikasi ”

EEE

Dots. L.Mamadaliyeva

2

5A310201

Elektr ta’minoti ”(sanoat korxonalari bo‘yicha)

"EE"

Dots.

T.K.Jabborov

3

5A310202

“Energiya tejamkorliklar” –(sanoat qurilmalari va texnologik majmualarning energiyani tejamlovchi elektr jihozlar tizimlari)

"E va A"

 Dots.

T.Bo‘tayev

4

5A320201

“Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari” –(mashinasozlik va mashinasozlik korxonalarini avtomatlashtirish)

MST

Dots. SH.N.Fayzimatov

5

5A320305

“Kimyo ishlab chiqarish va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari va aparatlari

–"TMJ"

Dots. Yu.Mirzakanov

6

5A320401

“Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” (Mineral  o‘g‘itlar  kimyoviy  texnologiyasi),

–"KT"

Dots.

SH.G. Xamdamova

7

5A321003

“Oziq-ovqat xavfsizligi”

OOT

Dots.

A.Nomozov

8

5A340203

Infra tuzilma ob’ektlarini qurish (inshoatlar turi  bo‘yicha)

UJKMXTS

Dots.

A.R. Yusupov

9

5A340401

“Suv ta’minoti, kanalizatsiya, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish”

MKQ

Prof. Yo.S.Abbosov

10

5A340402

“Maxsus jihozlar va muhandislik tizimlarini montaj qilish texnoglogiyasi”

MKQ

Prof. Yo.S.Abbosov

11

5A340403

Issiqlik- gaz  ta’minoti, ventilyatsiya, havoni  mo‘tadillash va havo  xavzasini muhofaza  qilish

MKQ

Prof. Yo.S.Abbosov

12

5A111109

Kasbiy ta’lim 

EEE

Dots. L.Mamadaliyeva

13

5A340201

Bino va inshootlar qurilishi(enegriya samarali binolarni loyihalash)

BIQGKK

Dots.

M.Davlatov

14

5A401701

Yer resurslaridan foydalanish va  boshqarish 

BIQGKK

Dots.

M.Davlatov

Magistratura bo‘limida  taxsil  olayotgan  talabalar haqida ma’lumot

Magistratura bo‘limida  2013-2014 o‘quv yilida jami 166 ta talaba, ya’ni  1-kursda 81 nafar  va 2-kursda 85 nafar  talaba tahsil olmoqda. Magistratura bo‘limida  39 nafar  talaba  davlat granti  asosida 127 nafar  talaba to‘lov-kontrakt asosida  o‘qimoqda.

2013-2014 o‘quv  yilida  Magistratura  bo‘limida 100 dan ortiq  professor- o‘qituvchilar  faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ilmiy salohiyat bugungi  kunda  100 foizni tashkil  etadi.

Magistratura bo‘limida  ta’lim- tarbiya,  o‘quv  va ilmiy  ishlar  tashkil qilishga  asosiy  e’tibor qaratilgan va yuqori  saviyada  amalga  oshirilmoqda. Bu esa, Magistratura bo‘limida  aniq   mutaxassisliklar bo‘yicha  iqtisodiyot tarmoqlari  va sohalarni  zarur yuqori  malakali  mutaxassislar bilan  ta’minlashga  xizmat qilmoqda.

O‘qish jarayoni   tasdiqlangan davlat ta’lim stardartlari, namunaviy fan va  tasdiqlangan  o‘quv rejalari  asosida  tashkil  qilingan.

Magistratura bo‘limida  tayyorlanayotgan  mutaxassisliklar bo‘yicha yangi klassifikatorga DTSlari, namunaviy ishchi  o‘quv  rejalari, ushbu mutaxassisliklar o‘qitiladigan 120 ta  fandan    namunaviy  va ishchi o‘quv dasturi mavjud.

Magistratura bo‘limida  mutaxassislik  tayyorlovchi  jami 10 ta  mutaxassislik  kafedralari faoliyat olib boradi.Ular  quyidagilar “Kimyoviy texnologiya”, “Oziq  ovqat texnologiyasi”,  “Servis”, “Bino va inshootlar qurilishi”,   “Muhandislik komunikatsiyalari qurilishi”, “Mashinasozlik texnologiyasi va apparatlari”, “Texnologik jihozlar va mashina apparatlari”, “Elektr texnologiyasi, elektr texnikasi, elektr mexanikasi”, “Elektr ta’minoti”, “Elektronika va Asbobsozlik ” .

O‘quv jarayonini tashkil etishda Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorijiy korxonalar, ilmiy tadqiqot institutlaridan yetakchi amaliyotchi mutaxassislarni jalb  etilib, nazariy masalalar bilan birga  muommoli ma’ruzalari o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, TEMPUS loyihasi doirasida  tayyorlangan o‘quv  dasturlari asosida alohida fanlarni xorijiy mamlakatlarda malaka oshirgan professor o‘qituvchilar o‘qitishmoqda.

 Magistratura bo‘limining ilmiy  tadqiqot jarayoni.

Magistratur bo‘limida ilmiy - tadqiqot ishlari  tasdiqlangan shaxsiy kalendar rejaga muvofiq  olib borilmoqda.

Magistratura bo‘limi talabalari  tanlangan  magistrlik dissertatsiyalari  mavzulari ustida  chuqur  ilmiy  izlanishlar  olib borishmoqda. Magistratura bo‘limi talabalari ilmiy  izlanishlari natijalarini amaliyotda qo‘llash  va amaliyotda qo‘llaniladiganligi  to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Magistratura bo‘limiga  taqdim etilmoqda. Bundan tashqari, Magistratura bo‘limi talabalarining respublikamiz turli jurnal,  gazeta va ilmiy –amaliy anjumanlarda maqola va tezislarini chop  etib kelmoqdalar.

Magistratura bo‘limida har yili  an’anaviy tarzda  magistratrura talabalarining ilmiy – amaliy anjumani tashkil qilinmoqda  va unda talabalarning ilmiy-tadqiqot mavzusi  yuzasidan ma’ruzalari  tinglanib, tezislar shaklida chop etilmoqda.

Bugungi kunda Farg‘ona politexnika instituti Magistratura bo‘limi  talabalari ilmiy-tadqiqot faoliyatini  mutaxassislik kafedralari, akademik litsey va kasb xunar ta’limning hududiy markazida, shuningdek sanoat, qurilish korxonalarida o‘tkazmoqdalar.

Ilmiy-pedogogik ishni bajarish magistratura mutaxassisliklari  magistrantlarining ilmiy-pedogogik  mahoratini oshirishda  muhim ahamiyatga egadir. Ilmiy-pedogogik ishning maqsadi-magistrantlarni zamon talablariga  javob beruvchi ilmiy pedogogik  faoliyatga tayyorlashdan iboratdir.

Ilmiy-pedogogik ishning vazifasi – qo‘yilgan maqsadga mavjud tegishli  qonuniy –me’yoriy hujjatlarda  qo‘yilgan talabalarda  erishishni ta’minlashdan iborat.

Bugungi kunda institutning  Magistratura  bo‘limi  talabalari ilmiy-pedogogik ishni  institutning  mutaxassislik kafedralarida  hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligi tizimidagi boshqa oliy o‘quv yurtlari kafedralarida, kasb-xunar kollejlarida va akademik litseylarda  o‘tkazmoqda.

Bugungi kunda  Magistratura bo‘limi  tomonidan yuqori malakali amaliyotchilar muammoli  ma’ruzalarga jalb qilinib, iqtisodiyot sohalari va  tarmoqlarda  mavjud  muammoli  masalalar to‘g‘risida  ma’ruzalar qilishmoqda.

-->