Rektor virtual
qabulxonasi

Farg'ona politexnika instituti

O'zbekiston kelajagi uchun yetuk, barkamol va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash!
2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

«O'zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 7 dekabr, chorshanba kuni O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san`at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

O'zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev tantanali yig'ilishda ma`ruza qildi. Prezident kirib kelayotgan yangi — 2017 yilni O'zbekistonda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e`lon qilishni taklif etdi.

O'zbekiston Prezidentining bu taklifi yig'ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo'llab-quvvatlandi.

Ma`lumot uchun, O'zbekistonda 1997 yildan boshlab har bir yilga shu davr ichida taraqqiyotning muhim yo'nalishlarini ifoda etadigan nom berish an`anaga aylangan. 1997—2016 yillar oralig'ida yillarga quyidagicha nom berilgan:

2016 yil — Sog'lom ona va bola yili
2015 yil — Keksalarni e`zozlash yili
2014 yil — Sog'lom bola yili
2013 yil — Obod turmush yili
2012 yil — Mustahkam oila yili
2011 yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2010 yil — Barkamol avlod yili
2009 yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2008 yil — Yoshlar yili
2007 yil — Ijtimoiy himoya yili
2006 yil — Homiylar va shifokorlar yili
2005 yil — Sihat-salomatlik yili
2004 yil — Mehr va muruvvat yili
2003 yil — Obod mahalla yili
2002 yil — Qariyalarni qadrlash yili
2001 yil — Onalar va bolalar yili
2000 yil — Sog'lom avlod yili
1999 yil — Ayollar yili
1998 yil — Oila yili
1997 yil — Inson manfaatlari yili