Rektor virtual
qabulxonasi

Farg'ona politexnika instituti

O'zbekiston kelajagi uchun yetuk, barkamol va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash!

“Millatlararo totuvlik” mavzusida o’tkazilgan tadbir to’g’risida ma'lumot

    Joriy yilning 26 yanvar kuni institut madaniyat saroyida institutda taxsil oladigan boshqa millat vakillari ishtirokida “Millatlararo totuvlik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 16 yanvar kungi “Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganligining 25 yilligi munosabati bilan o’tkaziladigan tadbirlarning tashkiliy ishlariga amaliy yordam ko’rsatish to’g’risida”gi 20-sonli buyrug’i va shunga asosan institut rektorining 2017 yil 18 yanvar kungi №37 L/O-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi

Farg’ona politexnika institutida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov tavallud topgan kun – 30 yanvar munosabati bilan o’tkazilgan tadbir haqida ma'lumot

​O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ibratli hayot yo’li va boy merosi haqida talabalar o’rtasida turkum ma’ruzalar, davra suhbatlari tashkil etish maqsadida joriy yilning 25 yanvar kuni nstitut madaniyat saroyida talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda institut rektori O.X.Otaqulov, barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo’lim boshliqlari, guruh murabbiylari hamda barcha akademik guruh sardorlari bo’lib jami 300 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Tadbirni rektor O.X.Otaqulov ochib berib, bir necha muhim masala haqida so’z yuritdi. Hususan,  O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasi abadiy qolishligi, uning Vatanimiz mustaqillikka erishishi va uning taraqqiyot yo’lida beqiyos xizmatlari borligi, kelajak avlod uning nomini “Mustaqillik me’mori” sifatida yodga olishi haqidagi fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

Talabalar turar joyidagi Ma’naviyat xonasida Islom Karimovning porloq xotirasi munosabati bilan o’tkazilgan tadbir haqida ma'lumot

    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining  2017 yil 19 yanvar kungi “Oliy ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov tavallud topgan kun – 30 yanvar sanasini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi 22-sonli buyrug’ini institutda ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq joriy yilning 24 yanvar kuni  institut talabalar turar joyining Ma’naviyat xonasida madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. 

   Tadbirda institut Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor SH.Maxmudov, Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i B.Abduxalilov, TTJ direktori R.Madumarov, Qurilish fakulteti dekanining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha muovini A.Umarov, “O’zbekiston tarixi” professor-o’qituvchilari A.Kamilov, D.Qodirova, Z.Xatamova, I.Burxonov hamda faol talabalardan iborat jami 80 nafar ishtirokchi qatnashdi.

12-13 yanvar kunlari Toshkent moliya institutida “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostida yosh olim va talabalarning Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyaning yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati vakillari hamda respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan yosh olim va talabalar ishtirok etdilar. So‘ngra konferensiya o‘z ishini “Ijtimoiy-gumanitar fanlar”, “Tabiiy fanlar”, “Aniq fanlar”, “Texnika fanlari” sho‘balarida davom ettirdi. Respublikamizning yetakchi olimlari moderatorlik qilgan sho‘balardagi yosh olimlar va talabalarning chiqishlari muhokamalarga boy bo‘ldi. Ushbu konfrensiyaga Farg‘ona viloyatidan jami 11 nafar yosh olim va talabalar ishtirok etdi va ulardan Farg‘ona davlat unversiteti talabasi Rustamova Sayoxat To‘ychivoy qizi “Aniq fanlar” shobasi bo‘yicha ma‘ruzasi bilan faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish  to’g’risida”gi 4766-sonli farmoyiishi ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 9 yanvar kuni institut kichik majlislar zalida Toshkent temir yo’l muhandislari instituti va Farg’ona politexnika instituti hamkorligida Toshkent shahridagi 7531-harbiy qismda harbiy xizmatni o’tayotgan Farg’onalik askarlar va ularning ota-onalari ishtirokida telemuloqot tashkil etildi. Ushbu tadbirda FarPI rektori O.X.Otaqulov, TTYMI rektori M.H.Rasulov, 7531-harbiy qism komandirining tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari podpolkovnik B.Dovlatov, FarPi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori SH.Maxmudov, Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i B.Abduxalilov, 10 nafar harbiy askarlarning ota-onalari hamda institutning faol talaba-yoshlari ishtirok etdi.

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi 4766-sonli farmoyiishi ijrosini ta’minlash maqsadida institutning  Xodimlar kasaba uyushmasi va ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamkorligida xodimlar o’rtasida sport o’yinlari tashkil etildi.

            Bunda barcha fakulьtetlar va rektorat xodimlari o’zlarining jamoalari bilan sportning futbol, voleybol, tennis kabi turlari bo’yicha kuch sinashdilar. Ushbu sport tadbirlari 2017 yilning 2 yanvaridan 7 yanvariga qadar davom etdi. Sport o’yinlarida institutning “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi o’qituvchilari hakamlik qilib, g’oliblarni aniqlab berishdi.

            Futbol o’yinlari bo’yicha Mexanika-mashinasozlik fakulteti jamoasi 1-o’rinni, Qurilish fakulьteti jamoasi 2-o’rinni, Rektorat jamoasi esa 3-o’rinni egalladi. G’oliblarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alarini topshirish institutning 14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni bayramiga bag’ishlangan tantanali tabdiriga rejalashtirib qo’yildi.

O‘zaro kelishuvga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida 24-aprel kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. 

Ta’kidlash joizki, 2011-2016-yillarda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish doirasida 25 ta oliy ta’lim muassasasining 202 ta obyektida yangi qurilish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi.

​   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qarori to‘g‘risida

-->