Rektor virtual
qabulxonasi

Farg'ona politexnika instituti

O'zbekiston kelajagi uchun yetuk, barkamol va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash!

2017 йил 26 апрель куни Энергетика факультети, Камолот ЁИҲ етакчиси томонидан 9-май Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан  «Инсон азиз- хотираси муқаддас» мавзусида маънавий-маърифий ва маданий тадбир ўтказилди. Тадбирда иккинчи жахон уруш қатнашчиси фахрий Сатторов Қурбонжон ота иштирок этди.
Тадбир 1941-1945 йилларда бўлиб ўтган иккинчи жахон уруши мавзусидаги видеоролик билан бошланди. Тадбирни “Электр энергетикаси” кафедраси ассистенти М.Абдуллаева олиб бориб, тадбирни очиб бериш учун сўзни институт ММИБ проректори Ш.Махмудовга берди. 
 

2017 –йил 3май куни Фарғона вилоят телевидениясида эфирга узатилган  “Миллий либосларимиз- бизнинг фахримиз” мавзуси доирасида кийиниш маданиятини тарғиб этиш бўйича ўтказилган  ток- шоу хақида маълумот .Иштирок этдилар:Вилоят телерадиоси бошловчиси ва журналисти Д. Рахимова,”Ибратли бекам”ўқув маркази деректори Ш.Ғаниева, ФДУ профессори Т.Эгамбердиева, Фарпи хотин қизлар қўмитаси раиси Г.Бурхонова  Марғилон шахар “Ёдгорлик”   ишлаб чиқариш корхонаси дизайнерлари, касб- хунар коллежи талабалари, вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси вакиллари, Рўзиматовлар  ҳунармандлар оиласи вакиллари хамда вилоят театри санъаткорлари иштирок этдилар.

 

  Joriy yilning 5 aprel kuni institut kichik majlislar zalida “Sudning mustaqilligi, taraflar tortishuvi va teng huquqliligi, odil sudlovning kafolatlari” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

  Ushbu davra suhbati 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturining 19, 22 va 24-bandlarida belgilab berilgan vazifalar hamda ushbu Dasturda belgilangan sudyalarning mustaqilligi va printsiplarining so’zsiz amal qilinishini ta’minlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida SHarqiy harbiy okrug harbiy sudi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

   O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 100- bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 29 mart kuni institutning madaniyat saroyida “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining fakulьtetlararo saralash bosqichi bo’lib o’tdi.

Institut rektori tomonidan 2017 yil 17 mart kuni tasdiqlangan “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining fakulьtetlararo 1-bosqichini o’tkazish bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishchi guruh, Hakamlar hay’ati a’zolari ro’yhati shakllantirildi. 

“Millatlararo totuvlik va hamjihatlik – barqarorlik omili” mavzusida bo’lib o’tgan tadbir haqida ma'lumot

   Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 16 yanvar kungi “Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganligining 25 yilligi munosabati bilan o’tkaziladigan tadbirlarning tashkiliy ishlariga amaliy yordam ko’rsatish to’g’risida”gi 20-sonli hamda institut rektorining 2017 yil 18 yanvar kungi №37 L/O-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 24 mart kuni institut madaniyat saroyida Farg’ona viloyatida faoliyat yuritayotgan bir guruh milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikda madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda Koreys milliy madaniy markazi rahbari R.G.Kim, Slavyan milliy madaniy markazi rahbari G.A.Akopjanova hamda “Yashkunel” 29-mahalla ansambli rahbari G.Kashipova va ularning bir guruh a’zolari, institut ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i B.Abduxalilov, barcha dekanlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlar (430 nafar) ishtirok etdi.

2017-yilning 19-iyul kuni Luksemburg shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Yevropa investitsiya bankining (YIB) ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

2017-yilning 18-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Brussel shahrida Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, YI Komissiyasi vitse-prezidenti Federika Mogerini bilan uchrashdi.

2017-yilning 17-iyul kuni Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazida Shanxay xalqaro tadqiqodlar akademiyasining vitse-prezidenti Yan Szyan boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 
-->