Rektor virtual
qabulxonasi

Farg'ona politexnika instituti

O'zbekiston kelajagi uchun yetuk, barkamol va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash!
Mashinasozlik texnologiyasi va avtomatlashtirish

Mamurov Eldor Tursunovich - 1966 yilda tug‘ilgan, millati -  o‘zbek, ma’lumoti - oliy, Farg‘ona politexnika instituti “Mashinasozlik texnologiyasi, metall kesish dastgohlari va asboblari” mutaxassisligini 1990 yili tugatgan. Ilmiy yo‘nalishi - “Mashina detallariga mexanik ishlov berish jarayonini o‘lchash va nazorat qilish”. Olib borayotgan darslari: “O‘zaro almashuvchanlik, standartlashtirish va texnikaviy o‘lchovlar”, “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Mashinasozlik texnologiyasi asoslari”.

Kafedra tarixi

Kafedra 1970 yili tashkil etilgan bo’lib, unga “Mashinasozlik texnologiyasi, metall kesish dastgohlari va asboblari” nomi berilgan. Tashkil topgan davrdan 1976 yilga qadar kafedrani dotsent B.Ya.Minadjiev boshqarib kelgan. Ushbu davrda “Mashinasozlik texnologiyasi, metall kesish dastgohlari va asboblari”, “Poligrafik ishlab chiqarish texnologiyasi” va “Qurilish materiallari va buyumlari korxonalarining mexanik jihozlari” mutaxassisliklari bo‘yicha muhandis-mexanik va muhandis-texnologlar yetishtirib chiqargan.

1976 yildan boshlab kafedrada “Mashinasozlik texnologiyasi, metal kesish dastgohlari va asboblari” mutaxassisligi bo‘yicha muxandis-mexaniklar tayyorlashga iqtisoslashdi.

Kafedrani dotsent B.N.Fayzimatov (1976-1980yy., 2001-2007yy.), dotsent B.A.Sobirov (1980-1992yy.), dotsent O.S.Irgashev (1992-1997yy.), professor A.A. Mirzayev (1997-2001yy.), E.T.Mamurov (2007-2011yy.), Sh.N.Fayzimatov (2011-2014yy.) boshqarganlar.

Shu davrda ularning rahbarligi ostida o‘quv va ilmiy tadqiqotlarni olib borish laboratoriyalari rivojlandi va yangi jihozlar bilan to‘ldirildi. Regionda joylashgan ishlab chiqarish korxonalar bilan aloqalar o‘rnatildi, yirik ishlab chiqarish korxonalarida “O‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish kompleksi” va Farg‘ona mexanika zavodi qoshida kafedra filiali tashkil etildi. Bu davr ichida o‘quv jarayonini takomillashtirish va fanlardan uslubiy qo‘llanmalar va ko‘rsatmalar tayyorlash bo‘yicha ko‘zga tashlanadigan ishlar olib borilgan, mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va mashxur olimlari bilan aloqalar olib borilgan. Ular qatoriga t.f.d., prof. Rodin P.R., t.f.d., prof. A.P.Gavrish, t.f.d. V.A.Ostafev, t.f.d., prof, V.S.Kavalenko, t.f.d., prof. A.I.Fedotov,  t.f.d., prof. F.Ya.Yakubov va boshqalarni keltirish mumkin.

Hozirda kafedra “Mashinasozlik texnologiyasi va avtomatlashtirish” nomi bilan yuritilmoqda va kafedrada 5320200-“Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jixozlash va avtomatlashtirish” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar, 5A320201- “Mashinasozlik texnologiyasi va jixozlari” mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

 “Mashinasozlik texnologiyasi va avtomatlashtirish” kafedrasi quyidagi tarkibda faoliyat olib bormoqda:

Fayzimatov Baxodir Numanovich – 1949 yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti oliy. Toshkent politexnika instituti “Mashinasozlik texnologiyasi, metall kesish dastgohlari va asboblari” mutaxassisligini 1970 yili tugatgan, texnika fanlari nomzodi, dotsent. Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi - “Qiyin ishlov beriladigan materiallarga mexanik ishlov berish sharoitini optimallashtirish”. Olib borayotgan darslari: “Kesish nazariyasi asoslari va asboblari” va “Kesuvchi asboblarni loyihalash va ishlab chiqarish texnologiyasi”

Sotvoldiev Abdusalom Egamberdievich –1951 yilda tug‘ilgan, millati qirg’iz, ma’lumoti oliy. Farg‘ona politexnika institutining “Mashinasozlik texnologiyasi, metall kesish dastgohlari va asboblari” mutaxassisligini 1974 yili tugatgan, texnika fanlari nomzodi, dotsent. Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi - “RDB dastgohlarning o’rta seriyali ishlab chiqarishda unumdorligini oshrish”. Olib borayotgan darslari: “Moslamalarni loyihalash va ishlab chiqarish”, “Texnologik jarayonlar tizimlarini nazariy asoslari”, “Mashinasozlik texnologiyasi ilmiy asoslari”, “Mashinasozlikda ilmiy tadqiqot ishlari”.

Fayzimatov Shuhrat Numanovich – 1954 yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy. Farg‘ona politexnika institutining “Mashinasozlik texnologiyasi, metall kesish dastgohlari va asboblari” mutaxassisligini 1975 yilda tugatgan, texnika fanlari nomzodi, dotsent. Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi - “Mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish”. Olib borayotgan darslari: “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari”, “Texnologik jihozlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish”, “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari”, “Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish texnologiyasi”.

Turabaeva Valentina Yakovlevna – 1944 yilda tug‘ilgan, millati belorus, ma’lumoti - oliy. Toshkent politexnika instituti “Mashinasozlik texnologiyasi, metall kesish dastgohlari va asboblari” mutaxassisligini 1971 yili tugatgan. Katta o‘qituvchi. Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi - “Metallarga plastik deformatsiya yo’li bilan ishlov berish jarayonini takomillashtirish”. Olib borayotgan darslari: “Sohaga kirish”, “Kesish nazariyasi asoslari va asboblari”, “O‘zaro almashuvchanlik, standartlashtirish va texnikaviy o‘lchovlar”, “Quyma zagotovkalarni loyixalash va ishlab chiqarish”, “Mashinasozlik texnologiyasi asoslari”.

Qosimova Zamira Metadovna – 1977 yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy. Farg‘ona politexnika instituti “Mashinasozlik texnologiyasi” mutaxassisligini 2001 yili tugatgan. Katta o‘qituvchi. Ilmiy yo‘nalishi - 3-D da loyihalash-konstruktorlik faoliyati”. Olib borayotgan darslari: “O‘zaro almashuvchanlik, standartlashtirish va texnikaviy o‘lchovlar”, “Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari”, “Loyihalashning texnologik asoslari”, “Texnologik jihozlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish”, “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari”, “Mashinasozlik texnologiyasi asoslari”, “Texnologik jihozlarni ishlab chiqarish va sinash”.

Ulug‘xojayev Ro‘zixo‘ja Solievich- 1962 yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy. Farg‘ona politexnika instituti “Mashinasozlik texnologiyasi, metall kesish dastgohlari va asboblari” mutaxassisligini 1992 yili tugatgan. Katta o‘qituvchi. Ilmiy yo‘nalishi - “Mashinasozlik mahsulotlarining ishlov berilgan yuzalari sifatini tashhislash va bashorat qilish sistemasini ishlab chiqish”. Olib borayotgan darslari: “Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari”, “O‘zaroalmashuvchanlik, standartlashtirish va texnikaviy o‘lchovlar”,  “Loyihalashning texnologik asoslari”, “Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jixozlari”.

Botirov Yakub Anvarxo‘jaevich - 1960 yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy. Farg‘ona politexnika instituti “Mashinasozlik texnologiyasi, metall kesish dastgohlari va asboblari” mutaxassisligini 1989 yili tugatgan. Katta o‘qituvchi. Ilmiy yo‘nalishi - “Detallarga bosim ostida ishlov berish”. Olib borayotgan darslari: “Bolg‘alash va shtamplash zagatovkalarini loyihalash va ishlab chiqarish”, “Ishlab chiqarish texnologiyalari”.

Tadjikuziev Raxmatjan Maxammadovich - 1964 yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy. Farg‘ona politexnika instituti “Mashinasozlik texnologiyasi, metall kesish dastgohlari va asboblari” mutaxassisligini 1990 yili tugatgan. Katta o‘qituvchi. Ilmiy yo‘nalishi - “Ishlab chiqarishni tashkillash va boshqarish”. Olib borayotgan darslari: “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Sohaga kirish”, “Moslamalarni loyihalash va ishlab chiqarish asoslari”, “Texnik tizimlarni boshqarish”, “Texnologik jihozlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish”.

Umurzaqov Umidjon Yigitaliyevich - 1968 yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy. Farg‘ona politexnika instituti “Mashinasozlik texnologiyasi, metall kesish dastgohlari va asboblarsh” mutaxassisligini 1996 yili tugatgan. Assistent. Ilmiy yo‘nalishi -“Toretsli frezalar yerdamida murrakab yuzalarga ishlov berish”. Olib borayotgan darslari: “O‘zaro almashuvchanlik, standartlashtirish va texnikaviy o‘lchovlar”, “Bolg‘alash va shtamplash zagotovkalarini loyixalash va ishlab chiqish”, “Moslamalarni loyihalash va ishlab chiqarish asoslari”, “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Kesuvchi asboblarni loyihalash va ishlab chiqarish”.

Raximov Sharifjon Esonaliyevich - 1984 yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy. Farg‘ona politexnika instituti “Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari” mutaxassisligini 2011 yili tugatgan. Assistent. Ilmiy yo‘nalishi - “Parmalarni ishonchligini oshirishni tadqiq qilish”. Olib borayotgan darslari: “Sohaga kirish”, “Moslamalarni loyihalash va ishlab chiqarish asoslari”, “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari”, “O‘zaro almashinuvchanlik asoslari”, “CAD/CAM/CAE tizimlarida loyihalash asoslari”.

Xusanov Yunusali Yuldashevich - 1987 yilda tug‘ilgan, millati tojik, ma’lumoti - oliy. Farg‘ona politexnika instituti “Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari” mutaxassisligini 2012 yili tugatgan. Assistent. Ilmiy yo‘nalishi - “Kompozitsion materiallarga mexanik ishlov berish sharoitini optimallashtirish”. Olib borayotgan darslari: “Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari”, “Quyma zagotovkalarni loyixalash va ishlab chiqarish”, “O‘zaro almashinuvchanlik, standartlashtirish va texnikaviy o‘lchovlar”, “Ishlab chiqarish texnologiyalari”,  “Kesish nazariyasi asoslari va asboblari”, “Mexatronika asoslari”.

Rustamov Muxammadazim Akbaralievich -1989 yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy. Farg‘ona politexnika instituti “Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari” mutaxassisligini 2014 yili tugatgan. Assistent. Ilmiy yo‘nalishi - “Shtamplarni tayyorlash texnologik jarayonini takomillashtirish”. Olib borayotgan darslari: “O‘zaroalmashinuvchanlik, standartlashtirish va texnikaviy o‘lchovlar”, “Avtomatlashgan ishlab chiqarishni texnologik jihozlari”, “Bolg‘alash va shtamplash zagotovkalarini loyixalash va ishlab chiqish”, “Kesish nazariyasi asoslari va asboblar”, “Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jixozlari”, “Kesuvchi asboblarni loyihalash va ishlab chiqarish”.

Matkarimov Azizbek Azimjonovich - 1985 yilda tug‘ilgan, millati tojik, ma’lumoti - oliy. Farg‘ona politexnika instituti “Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari” mutaxassisligini 2011 yili tugatgan. Assistent. Ilmiy yo‘nalishi - “Texnik tizimlarni boshqarish”. Olib borayotgan darslari: “Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari”, “Quyma zagotovkalarni loyixalash va ishlab chiqarish”, “Texnik tizimlarni boshqarish”, “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari”, “Bolg‘alash va shtamplash ishlab chiqarish texnologiyasi”,  “Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish texnologiyasini asoslari”.

Gafurov Akmal Mavlonjonovich - 1989 yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy. Farg‘ona politexnika instituti “Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari” mutaxassisligini 2014 yili tugatgan. Assistent. Ilmiy yo‘nalishi - “Mexanik ishlov berish texnologik jarayonini nazorat qilish”. Olib borayotgan darslari: “Bolg‘alash va shtamplash zagotovkalarini loyixalash va ishlab chiqish”, “Texnologik jihozlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish”, “Mexatronika asoslari”, “CAD/CAM/CAE tizimlarida loyihalash asoslari”, “Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarining asoslari”.

Kafedraning  ko‘p sonli professor-o‘qituvchilarining o‘quv, ilmiy, pedagogik jarayonidagi ko‘p yillik mehnatlari O‘zbekiston Respublikasi ko‘krak nishon belgisi, faxriy yorliqlar, hamda “Iste’dod” jamg‘armasining diplomi bilan taqdirlanganlar.

Ma’lum davr ichida kafedrada ishlagan professor A.A.Mirzaev, K.G.Maxmudov, dotsentlar B.YA.Minojev, B.A.Sobirov, O.S.Irgashev, V.E.Gerdov, M.S.Shokirov, O.H.Otaqulov, I.X.Domullajonov, X.O.Goziyev, V.N.Chen hamda o‘qituvchilar I.X.Ridvanov, N.Osipov, V.V.Leontev, A.G.Xonkeldiyev, K.K.Akbarov, A.T.Gaynazarov, O.A.Abdujabborov, I.Exsonov, M.Xasanov, G.M.Muxambetov, T.S.Sodiqov, M.Karimovalar o‘z xissalarini sidqidildan qo‘shib ishlab kelishgan.

O‘quv-uslubiy ishlar

Kafedra tashkil etilishidan shu kunga qadar zamonaviy o‘quv-laboratoriya bazani takomillashtirishga katta e’tibor berildi. Universal va raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar, sanoat robotlari, o‘lchash va nazorat asboblari bilan jihozlangan o‘quv hamda ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, mahalliy va global tarmoqqa ulangan kompyuter sinfi tashkil etildi.

Hozirgi kunda kafedrada bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 23 ta fandan, magistrlik mutaxassisligi bo‘yicha 9 ta fandan darslar olib borilmoqda. Barcha fanlardan o‘zbek va rus tillarida o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan. Kafedraning professor-o‘qituvchilari jamoasi tomonidan 60 dan ortiq darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanma hamda virtual laboratoriya stendlari tayyorlangan.

Kafedrada ishlab chiqarishning texnik va texnologik muammolarini yechish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori saviyadagi mutaxassislar yetishib chiqmoqda. Modernizatsiyalashtirish, texnik va texnologik yangilash, raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan dolzarb loyihalarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Kafedrada 5320200-“Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jixozlash va avtomatlashtirish” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va 5A320201-“Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

Kafedra Farg‘ona, Qo‘qo‘n, Marg‘ilon mexanika zavodlari, “Farg‘onaazot” OAJ, “Evroosiyo TAPO-Disk” qo‘shma korxonasi, “Avtooyna” MCHJ, “Avtotexxizmat-F” OAJ, Marg‘ilon traktor ta’mirlash zavodi va “UZSUNGWOO” qo‘shma korxonasi  kabi bir qator korxonalar bilan o‘quv va amaliy ishlarni uzluksiz olib bormoqda.

“Mashinasozlik texnologiyasi va avtomatlashtirish” kafedrasining bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi va chet el davlatlaridagi ko‘pgina ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida ishlab kelmoqda. Ularning orasidan 20 dan ortiq fan doktorlari va texnika fanlari nomzodlari yetishib chiqqan.

Talabalarni kafedrani izlanishlariga jalb etish va ilmiy ishlarni olib borishda ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida “Mashinasoz” to‘garagi tashkil etilgan. To‘garakka yo‘nalishning faol talabalari jalb etilgan. Ular kafedra professor-o‘qituvchilarining rahbarligi ostida ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashadilar, fanlarni chuqurroq o‘rganish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish bilan bir qatorda talaba yoshlarning ilmiy-amaliy anjumanlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Bu to‘garakda 30 dan ortiq iqtidorli talabalar qatnashib kelmoqda.

Ilmiy-uslubiy ishlar

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarining natijalariga ko‘ra 300 dan ortiq maqolalar va ma’ruza tezislari chop etilgan. 30 tadan ortiq mualliflik guvohnomasi va O‘zbekiston Repsublikasi patentlari olingan.

O‘zbekiston Respublikasining barcha texnik yo‘nalishidagi oliy o‘quv muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi bilan uzviy aloqa bog‘langan. Ta’lim sohasida, ilmiy-texnik axborot almashinuvi va tashkillash maqsadida Saratov Davlat Texnika instituti, Tyumen Davlat Neft va Gaz instituti, N.E.Bauman nomidagi Moskva Davlat Texnika instituti, Ukraina Milliy Texnika universiteti (KPI), Qrim sanoat-pedogogika instituti, Berlin Texnika universiteti (Germaniya) va boshqalar bilan yaqin aloqalar o`rnatilgan.

Kafedra Davlat granti va xo‘jalik shartnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ilmiy va texnikaviy yo‘nalishga mos ravishda sistematik holda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarib kelmoqda, jumladan keyingi yillar ichida:

6-035-“Ikkilamchi qotishmalardan babbitlarni qayta eritish, tozalash va qo‘yish texnologiyasini ishlab chiqish”;

ITD-3-114 -“Mashina detallariga mexanik ishlov berish jarayonini o‘lchash va nazorat qilish yangi usul va vositalarini yaratish asosida yuqori unumdorli texnologiyalarni ishlab” mavzusi bo‘yicha ishlashga yo‘naltirilgan.

 

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

150107, Farg‘ona sh. Farg‘ona ko‘ch. 86 uy.

2-o‘quv binosi, Mexanika fakulteti, 2-qavat

Email: emamurov@umail.uz

Tel: +99873 2411240

-->