Rektor virtual
qabulxonasi

Farg'ona politexnika instituti

O'zbekiston kelajagi uchun yetuk, barkamol va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash!
Talabalar turar joyida hamda ijarada yashovchi talabalari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi

    2017 yil 7 sentyabr kuni Farg’ona politexnika institutining Madaniyat saroyida institut “Mexanika-mashinasozlik” fakultetining Talabalar turar joyida hamda ijarada yashovchi talabalari ishtirokida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyun kungi “Oliy ta’lim  muassasalariga qabul qilish, talabalar o’qishlarini ko’chirish, qayta tiklash, o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 393-sonli qarori asosida institutda yangi tahrirda ishlab chiqilgan “Ichki mehnat tartibi qoidalari” hamda yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan yig’ilish tashkil etildi.

    Tashkil etilgan yig’ilishda institut rektori O.X.Otaqulov, MMIB prorektori SH.Maxmudov, MMB boshlig’i B.Abduxalilov, TTJ direktori R.Madumarov, “Mexanika-mashinasozlik” fakulteti dekani A.Abdullaev, dekan muovinlari, fakultet professor-o’qituvchilari, guruh murabbiylari va 1-TTJda va ijarada yashovchi jami 500 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi.

    Yig’ilishda fakultet dekani A.Abdullaev talaba-yoshlarga institutning “Ichki tartib qoidalari” Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyun kungi “Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o’qishlarini ko’chirish, qayta tiklash, o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 393-sonli qarorida ko’rsatilgan tegishli bandlarga muvofiq tushuntirib o’tdi hamda yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olishga, diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari to’g’risida gapirib o’tdi.

    Bundan tashqari yig’ilishda 1-TTJdagi talabalar Kengashi raisi va a’zolarini ham saylab olish jarayoni bo’lib o’tdi.