Rektor virtual
qabulxonasi

Farg'ona politexnika instituti

O'zbekiston kelajagi uchun yetuk, barkamol va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash!
Institutda 1-bosqich talabalari uchun sayohat tashkil etildi

    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 4 avgust kungi 529-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida institutning 2017 yil 7 avgust kungi 550-L/O-sonli buyrug’i tasdiqlandi hamda ijroga qaratildi.

    Ushbu buyruqqa asosan birinchi kurs maktabi tadbirlarini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra institutning birinchi kursiga qabul qilingan talabalarning institut bo’ylab sayohati tashkil etildi.

    Talabalarning sayohat rejasi institut rektori tomonidan 2017 yil 4 sentyabr kuni tasdiqlangan rejaga asosan 5 sentyabr kuni tashkil etildi.

    Ushbu jadvalga asosan 1-bosqich talabalari institutdagi kafedralar, dekanatlar, institutning kutubxonasi, sport majmuasi, madaniyat saroyi hamda institutda faoliyat olib borayotgan jamoat tashkilotlari Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti, Talabalar kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar qo’mitasining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.