Rektor virtual
qabulxonasi

Farg'ona politexnika instituti

O'zbekiston kelajagi uchun yetuk, barkamol va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash!
Institutda “Ichki mehnat tartibi qoidalari” hamda yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida seminar tashkil etildi

    2017 yil 7 sentyabr kuni Farg’ona politexnika institutining Madaniyat saroyida institut rektori O.X.Otaqulov boshchiligida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyun kungi “Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o’qishlarini ko’chirish, qayta tiklash, o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 393-sonli qarori asosida institutda yangi tahrirda ishlab chiqilgan “Ichki mehnat tartibi qoidalari” hamda yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

    Tashkil etilgan seminarda MMIB prorektori SH.Maxmudov, O’IB prorektor R.Anorov, IIB prorektor O.Sulaymonov, MIIB prorektor A.Usmonov, Al va KXKB prorektor B.Usmonov, huquqshunos M.Latipov, MMB boshlig’i B.Abduxalilov, XKUK raisi B.Dadajonov, TKUK raisi A.Ergashev, fakultet dekanlari hamda 1-bosqich guruh murabbiylari va 1-bosqich guruh sardorlari, jami 500 nafardan ortiq professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

    Seminarda institut rektori talaba-yoshlarga institutning “Ichki tartib qoidalari” Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyun kungi “Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o’qishlarini ko’chirish, qayta tiklash, o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 393-sonli qarorida ko’rsatilgan tegishli bandlarga muvofiq tushuntirib o’tdi hamda yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olishga, diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari to’g’risida to’xtalib, tushuntirib o’tdi.