Rektor virtual
qabulxonasi

Farg'ona politexnika instituti

O'zbekiston kelajagi uchun yetuk, barkamol va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash!
“Fidoying bo’lgaymiz seni,O’zbekiston!” shiori ostida tadbir o'tkazildi

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi PQ-3095-sonli hamda viloyat hokimining 2017 yil 1 iyuldagi 352-sonli qarorlariga asosan Farg’ona viloyatida “Fidoying bo’lgaymiz seni,O’zbekiston!” shiori ostida ko’rik-tanlov tashkil etildi.

    Joriy yilning 2 sentyabrь kuni I.Karimov nomidagi viloyat teatr-kontsert saroyida ko’rik-tanlovning viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Ko’rik-tanlovning viloyat bosqichi 37 ta nominatsiya bo’yicha tashkil etildi.

    Ko’rik-tanlovning viloyat bosqichida Farg’ona politexnika institutining 5 ta fakulьtetidan 50 nafar, jami 250 nafar faol va iqtidorli talabalari bevosita ishtirok etdi.