Rektor virtual
qabulxonasi

Farg'ona politexnika instituti

O'zbekiston kelajagi uchun yetuk, barkamol va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash!
Arxiv

Arxiv  bo‘limi  mudiri v.v.b.

Madyakubova Mavluda Tulkunovna

Madyakubova Mavluda Tulkunovna 1986 yil 20 fevralda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma`lumoti o‘rta maxsus

            2006 yil 29 sentyabrdan 2011 yil iyun oyigacha  Farg‘ona politexnika instituti arxivi bo‘limida arxivarius lavozimida ishlagan. 2011 yil iyun oyidan buyon arxiv bo‘limi mudiri v.v.b. lavozimida ishlab kelmoqda.

            O’zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli 1999 yil 29 martdagi O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimyati va boshqaruvi organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqidagi 140-sonli, 1999 yil 30 oktyabrdagi arxiv ishi bo‘yicha me`moriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi 482-sonli qarorlari asosida ish olib boriladi.

            Institut arxivida saqlanayotgan hujjatlarni ro‘yxatga olish, ularni yil bo‘yicha ajratish va tartibga solish, arxiv hujjatlaridan foydalanish o‘rnatilgan tartib qoidalari asosida amalga oshiriladi.

Institut kafedralaridan Bitiruv Malakaviy Ishlar, institut bo‘limlari hujjatlarini qabul qilinib saqlanib kelinmoqda. 

  • Hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, saqlash va foydalanish, tizimlashtirish;
  • Arxiv hujjatlarini ilmiy-amaliy qimmatini ekspertiza qilishni tashkil etish bo‘yicha ish yuritish;
  • Doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarni ajratish;
  • Saqlash bo‘yicha muhlati o‘tgan hujjatlarni yo‘q qilish, davlat arxiviga topshirish dalolatnomalarni tuzish;
  • Arxivda bor hujjatlarga asoslanib arxiv ma`lumotnomasini berish, saqlash muddatlarini aniqlashtirish, hujjatlarga fond tartib raqamini berish;
  • Arxivga kelib tushayotgan hujjatlar saqlanishini tashkil etish;
  • Ish yuritish bo‘yicha tugallangan hujjatlarni tarkibiy bo‘limlardan qabul qilish;
-->